Ekspertlar xulosasi: Husanov va boshqalarning o‘yini qanday baholandi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan “Manchester Siti” Angliya Liga kubogi — Karabao kubogi finalida bosh sovrin uchun kurashadigan bo‘ldi. “Shaharliklar” yarim finalda “Nyukasl” bilan ikki o‘yinli to‘qnashuvda to‘liq ustun keldi: umumiy 5:1 hisobidagi g‘alaba final yo'lini ochdi.
Javob o‘yinida Umar Marmush haqiqiy “portlash” qildi va dublga erishdi. Eng muhimi — hamyurtimiz Husanov uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Nufuzli cityxtra.co.uk eksperti jamoa futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi:
Futbolchilar reytingi:
Husanovning o'yini haqida tahlil
Ekspertlar unda ikkinchi taymda ayrim xatolar bo‘lganini yashirmadi, lekin umumiy bahoda Husanov himoyada yetarlicha mustahkam harakat qilgani qayd etildi. Ayniqsa, uning tezligi bir necha vaziyatlarda “o‘chirgich” bo‘lib ishladi — xavfni vaqtida yopdi.
Gvardiol va Diashning jarohatlari fonida aynan ko'proq o‘yin amaliyoti hisobiga Abduqodirning individual mahorati va ishonch darajasi sezilarli o‘sgani alohida urg‘ulab o‘tildi.
Ma'lumotlar zamin.uz nashridan olindi.
Sport tahlillari
Abduqodir Husanovning finaldagi ishtiroki va eng so'nggi sport xabarlarini Telegram botimiz orqali kuzatib boring.
BOTGA OBUNA BO'LISH© 2026 BARCHA HUQUQLAR HIMOAYALANGAN.